Islom
Qozog‘istonda Ramazon sanasi ma’lum bo‘ldi: 2026-yilda ro‘za 19-fevralda boshlanadi
Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi 2026-yilga mo‘ljallangan diniy sanalar taqvimini tasdiqladi. Bu haqda Kazinform axborot agentligi xabar berdi.
Tasdiqlangan taqvimga ko‘ra, 2026-yilda muqaddas Ramazon oyining birinchi kuni 19-fevralga to‘g‘ri keladi. Laylat ul-Qadr (Qadr kechasi) 16-martdan 17-martga o‘tar kechasi bo‘lishi kutilmoqda. Iyd al-Fitr (Ramazon hayiti) esa 20-mart kuni nishonlanadi.
Shuningdek, Iyd al-Adha (Qurbon hayiti) bayrami 27–29-may kunlariga belgilangan.
Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hijriy oylarning boshlanishi musulmon dunyosidagi xalqaro astronomik tadqiqot markazlari taqdim etgan hisob-kitoblarga asoslanib aniqlanadi. Shu bilan birga, fatvo mutaxassislari diniy sanalar yangi oy ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki orqaga siljishi mumkinligini qayd etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2025-yilda Qozog‘istonda Ramazon oyi 1-martda boshlangan, Qadr kechasi esa 26-martdan 27-martga o‘tar kechasiga to‘g‘ri kelgan edi.
Mutasaddi idoralar Ramazon va hayit sanalari bo‘yicha yakuniy tasdiq odatdagidek oy ko‘rinishiga qarab berilishini eslatmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


