Buxoro yangiliklari

Buxoro shahar hokimi “Karvon bozor”da tartib masalasini keskin ko‘tardi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Buxoro shahri hokimi Qurbon Tursunov “Karvon savdo kompleksi” MChJ hamda unga tutash hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, savdo faoliyatini tartibga solish, noqonuniy savdo nuqtalarini bartaraf etish va xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan joyida o‘rganishlar olib bordi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, savdo majmuasida 8 ta kirish-chiqish yo‘lagi va 2 ta avtoturargoh mavjud. Hududda jami 766 ta stasionar savdo nuqtasi faoliyat yuritadi. Shundan 284 tasi do‘kon, 522 tasi pavilon hisoblanadi. Bundan tashqari, majmua tarkibida:

  • 12 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi,
  • 10 ta oziq-ovqat do‘koni,
  • 16 ta maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi,
  • 7 ta zargarlik do‘koni mavjud.

O‘rganish jarayonida shahar hokimi obodonlashtirish ishlari holati, savdo qoidalariga rioya etilishi, sanitariya talablariga amal qilinishi hamda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Ayniqsa, noqonuniy savdo nuqtalarini bartaraf etish, kirish-chiqish yo‘laklarini to‘siqlardan holi saqlash va avtoturargohlardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Savdo subyektlari va tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda xaridorlar uchun qulayliklarni oshirish, savdo madaniyatini yuksaltirish hamda hududda tartib-intizomni mustahkamlash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi. Shuningdek, obodonlashtirish va tartibga solish ishlari belgilangan reja asosida izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Mas’ullar savdo majmuasida tartib va qulaylikni ta’minlash shahar infratuzilmasi va xizmatlar sifatini oshirishda muhim omil ekanini ta’kidladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.