Mashhurlar
“Bir marta chidab turolmadim…” — Umida Mirhamidova to‘ylarda ko‘nglini xira qilgan holatni ochiq aytdi
Taniqli xonanda, “Oq atirgullar” taronasi bilan mashhurlikka erishgan Umida Mirhamidova YouTube’dagi Chotki TV kanaliga bergan intervyusida to‘y va tadbirlarda uchraydigan noxush holatlar, shuningdek, o‘g‘li Habibulloning dabdabali o‘tgan to‘yi atrofidagi gap-so‘zlar haqida ochiq fikr bildirdi.
“Dabdabali to‘y” masalasiga aniqlik kiritildi
Xonanda 2024-yil 8-avgust kuni o‘g‘lini uylantirgani, marosim keng jamoatchilik e’tiborini tortgani haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, to‘y tashqaridan dabdabali ko‘ringani bilan, aslida unga noodatiy darajada katta mablag‘ sarflanmagan.
Umida Mirhamidova 30 yildan ortiq san’atda faoliyat yuritib kelayotganini eslatib, to‘ydagi fayz-baraka va samimiyat odamlar ko‘ziga marosimni hashamatli qilib ko‘rsatganini ta’kidladi. “Xalq xizmatini qilib yurgan san’atkormiz. To‘ylarda ko‘p xonadonlarning dasturxonida mehmon bo‘lganman. O‘g‘limning to‘yini ham niyat bilan, halol va chiroyli o‘tkazishni istadim. Alloh niyatlarimni ortig‘i bilan berdi”, — dedi u.
Xonanda, shuningdek, “yolg‘iz ayol” tushunchasi noto‘g‘ri talqin qilinayotganini, hayotda opa-singil, aka-uka, dugonalar kabi tayanch bo‘ladigan yaqinlar har doim borligini ham alohida qayd etdi.
“Bir holat meni juda ranjitgan”
Suhbat davomida Mirhamidova to‘y xizmatlari sabab jismoniy va ruhiy charchoq bilan bog‘liq bir voqeani ham eslab o‘tdi. U bir necha kun uxlamay, viloyatga tadbirga borganini, sahnaga chiqishdan oldin ham dam olishga ulgurmaganini aytdi.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, tadbir davomida muxlislar bilan rasmga tushish jarayonida bir kishi uning qo‘lidan tortib, qo‘pollik bilan rasmga tushishni talab qilgan. Aynan shu holat san’atkorni qattiq ranjitgan.
“San’atkor sahnada har doim tabassum bilan turishi kerak, ammo hamma narsaning ham chegarasi bor. Qo‘pollik bilan munosabat qilish — to‘g‘ri emas. O‘sha paytda o‘zimni bosdim va chiroyli tushuntirishga harakat qildim”, — deydi u.
Xonandaning ta’kidlashicha, muxlislar bilan suratga tushish tabiiy holat, biroq hurmat va madaniyat saqlanishi shart.
“Biz qo‘shiq aytib, odamlarni xursand qilish uchun boramiz, majburlash va turtish bilan emas”, — dedi u.
Umida Mirhamidovaning ushbu ochiq e’tiroflari san’atkorlar sahna ortida ham oddiy inson kabi charchashi, ranjishi va hurmat kutishini yana bir bor eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval xonandaning hayot va ijod yo‘li haqida batafsil maqola ham e‘lon qilgan edik.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


