Buxoro yangiliklari

Buxoroda Navoiyga bag‘ishlangan insholar tanlovi yakunlandi

picture
Foto: Buxoro viloyati MMTB

Loading

“Hazrat Navoiyni anglash — o‘zligimizni anglash” insholar tanlovining Buxoro viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Buyuk mutafakkir va shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy merosini chuqur anglash, yoshlar qalbida milliy o‘zlik va ma’naviy tafakkurni mustahkamlashga qaratilgan mazkur insholar tanlovining viloyat bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Tanlov Buxoro shahridagi 44-umumta’lim maktabida tashkil etildi. Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 7–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Yosh ijodkorlar o‘z insholari orqali Navoiy hazratlarining boy ma’naviy merosi, insonparvarlik g‘oyalari va hayotiy falsafasini talqin etib, o‘z ichki dunyosi, mustaqil fikri va adabiy salohiyatini namoyon etdilar.

pic 02

Hakamlar tanloviga ko‘ra g‘oliblar quyidagi maktablar o‘quvchilari g‘olib bo‘lishdi:

1-o‘rin: Buxoro shahrigi  20-maktab  o‘quvchisi Madinabonu Sharapova;

2-o‘rin: Kogon tumanidagi 20-maktab o‘quvchisi Sug‘diyona Ramazonova;

3-o‘rin: Buxoro tumanidagi 21-maktab o‘quvchisi Muhammadali Xoliqov.

Mazkur tanlov yosh avlod qalbida adabiyotga muhabbat, ma’naviy merosga ehtirom va mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.