O‘zbekiston

99 yoshli onaxon koronavirusdan sogʻayib chiqdi

photo 173

Loading

Shu yilning 14-mart kuni Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 1922-yilda tug‘ilgan fuqaro T. T. koronavirus tashxisi bilan olib kelingan.

Bemorda o‘tkazilgan PZR testi natijalari musbat chiqqan, rentgen tekshiruvlarida ikki tomonlama gidrotoraks suyuqlik aniqlangan.

— Davolash jarayonida torakal jarrohlik yo‘li bilan bemorning o‘pkasidan 10 kun davomida 4 marta, jami 2 litr suyuqli olindi, — deydi shifoxonaning reanimasiya bo‘limi mudiri Dono Jo‘lamanova. — Bemor kichik operasiyadan ham muvaffaqiyatli chiqdi, ikki hafta davomida intensiv davo muolajalari o‘tkazildi. Shu tarzrda bemorning ahvoli ijobiy tomonga o‘zgara boshladi. Nihoyat, muolajalardan so‘ng olingan PZR testi manfiy natijani ko‘rsatdi.

Bundan tashqari, bemorda hamroh kasalliklar ham mavjud bo‘lgan. Bemordagi yurak yetishmovchiligi asoratlari ham tezda bartaraf etildi.

Shunday qilib, shifokorlarimizning to‘g‘ri tanlangan tizimli muolajalari sabab 99 yoshli bemor onaxon koronavirusdan butkul sog‘ayib, o‘z uyiga ruxsat berildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.