O‘zbekiston
Buxoro uchun hal qiluvchi yil: turizm sohasida katta o‘zgarishlar kutilmoqda
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida turizmni iqtisodiyotning muhim drayveriga aylantirish, hududlarning tarixiy-madaniy imkoniyatlaridan samarali foydalanish va aholi bandligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov joriy yilning 1–2-fevral kunlari Buxoro viloyatida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan hamda istiqbolli turizm loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida viloyatda yangi turizm mahsulotlarini shakllantirish, infratuzilmani yaxshilash va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha joylarda o‘rganishlar olib borildi. Shuningdek, turizm sohasi vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Iqtisodiyot va moliya, Transport, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari, Madaniy meros agentligi, O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish hamda cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi, viloyat hokimligi va boshqa tegishli idoralar vakillaridan iborat respublika ishchi guruhi ishtirok etdi. Uchrashuvda 60 dan ortiq tadbirkorlar, turoperatorlar, gidlar, hunarmandlar, mehmonxona va restoran egalari, transport hamda muzeylar vakillari qatnashdi.

Muloqotda Buxoro viloyatida ziyorat, tarixiy-madaniy, gastronomik va hunarmandchilik turizmini rivojlantirish, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish hamda infratuzilmani yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Turizm qo‘mitasi raisi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar aniq yo‘nalishlar kesimida bayon etildi. Xususan, Buxoro shahrining tarixiy markazi, YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan obidalar, ziyorat maskanlari va milliy hunarmandchilik an’analari asosida yangi turistik mahsulotlar yaratish imkoniyatlari alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv ishtirokchilari davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar, subsidiyalar va grantlar turizm sohasining barqaror rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etib, sohaga oid qator amaliy taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar. Ushbu takliflar davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Muloqot yakunida Buxoro viloyatida turizmni hududlar kesimida tizimli rivojlantirish, viloyatning turistik imidjini xalqaro maydonda faol targ‘ib etish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Ta’kidlanishicha, bunday uchrashuvlar Buxoroning boy turizm salohiyatini to‘liq ishga solishga xizmat qiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


