Islom
Alloh nazdidagi eng ulkan gunoh qaysi?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Allohga qasamki, mo‘min emas. Allohga qasamki, mo‘min emas. Allohga qasamki, mo‘min emas”, dedilar. “Kim, yo Rasululloh?” deb so‘rashgan edi, “Yomonligidan qo‘shnisi xotirjam bo‘lmagan kimsa”, deya javob berdilar (Muttafaqun alayh). Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: “Yomonligidan qo‘shnisi emin bo‘lmagan kimsa jannatga kirmaydi”, deyilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Alloh nazdidagi eng ulkan gunoh qaysi?” deb so‘rashgan edi, u zot uchta gunohni zikr qilib: “Allohga boshqa narsani sherik qilishing. Holbuki, U seni yaratgan; ovqatingga sherik bo‘lishidan qo‘rqib farzandingni o‘ldirishing va qo‘shningning jufti haloli bilan zino qilishing”, deya javob berdilar (Muttafaqun alayh).
Sahih hadisda aytiladiki: “Kimki Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ekan, qo‘shnisiga ozor bermasin” (Muttafaqun alayh). Qo‘shni 3 toifa bo‘ladi: Musulmon, kofir, qarindosh qo‘shni. Musulmon qo‘shnining qo‘shnilik va musulmonlik haqlari bor. Kofir qo‘shnining qo‘shnilik haqi bor.
Qarindosh qo‘shni – uning qarindoshlik, qo‘shnilik haqlari (agar musulmon bo‘lsa, musulmonlik haqi ham) bor. Ibn Umarning bir yahudiy qo‘shnisi bor edi. Agar jonliq so‘ysalar: “Yahudiy qo‘shnimizga undan olib chiqib beringlar”, der edilar.
Rivoyat qilinishicha, qiyomat kunida kambag‘al qo‘shni boy qo‘shnisiga osilib oladi va: “Ey Robbim, mana bundan so‘ra-chi, nima uchun eshigini qulflab, mendan fazlini to‘sdi ekan”, deydi.
Kishi qo‘shnisining ozor-aziyatlariga bardoshli, toqatli bo‘lishi lozim. Bu ish qo‘shniga yaxshilik qilish jumlasidan sanaladi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: “Yo Rasululloh, menga jannatga doxil etadigan amalni o‘rgating”, degan edi, “Muhsin (yaxshilik qiluvchi) bo‘l”, dedilar. “Muhsinligimni qanday bilaman?” deb so‘ragan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: “Qo‘shnilaringdan so‘ra, agar seni muhsin deyishsa, demak, muhsinsan. Bordi-yu seni yomon deyishsa, demak yomonsan”, dedilar (Bayhaqiy rivoyati).
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


