O‘zbekiston

O‘zbekistonning chegaraoldi hududlari Qirg‘iziston “qo‘liga o‘tdi”

photo 177

Loading

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev 24-, 25-mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalarining uchrashuvlari natijalariga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkazdi.

Matbuot-anjumanida ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradagi bahsli uchastkalar masalasini to‘liq hal qilgan.

Qirg‘iziston milliy xavfsizligi davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Toshkentda tomonlar qaysi shartlarga ko‘ra o‘zaro bitimga kelganliklari haqida batafsil to‘xtalgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 25-, 26-mart kunlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripov 25-mart kuni Toshkentga kelgan edi.

photo 178

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, Kampirobod suv omborining to‘g‘oni O‘zbekiston ixtiyoriga o‘tgan, lekin suv omboridan birgalikda foydalaniladi.

O‘zbekiston tomoni tomonidan Qirg‘iziston fuqarolarining suvga va undan foydalanishga bepul va to‘siqsiz kirishini ta’minlaydi – bu sug‘orish, baliq ovlash va boshqalar.

O‘zbekiston tomoni suv ombori havzasi atrofida muhandislik inshootlarini o‘rnatmaslikni o‘z zimmasiga oladi.

Chashma bulog‘idan ham birgalikda foydalanish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv tayyorlanadi. Bundan tashqari, qator uchastkalar bo‘yicha yer almashuvlari amalga oshiriladi. Demarkasiya va delimitasiya bo‘yicha hujjatlar parlamentlar tomonidan ratifikasiya qilinishi kerak.

Qaysi yerlar Qirg‘iziston ixtiyoriga o‘tdi?
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonga 8 ming gektar yer ajratilgan. Endilikda ikki davlat o‘rtasida bahsli hududlar bo‘lmaydi, deya ishontirgan Tashiyev.

Qirg‘iziston MXDQ rahbari Qirg‘iziston ixtiyoriga o‘tgan uchastkalarni sanab o‘tgan.

«Ko‘k-Serek uchastkasidagi 105 gektar yer, Ola-Buqa tumani Boyoston hududidagi 212 gektar yer bizning tomonga topshirildi.

Bundan tashqari biz Qora-Suv tumanidagi Oq-tosh uchastkasida 100 gektar joyni oldik. Qirg‘izistonga Unqur-Tog‘ning 35 gektari topshirildi.

Aniqrog‘i, Unqur-Tog‘ to‘laligicha bizga o‘tmoqda. Qora-Beles uchastkasining 25 gektari bizning nomimizga o‘tkazildi. Bizning nomimizga o‘tkazildi deganimda, shuni nazarda tutumanki, Qora-Beles ilgari O‘zbekistonga berilgan edi, hozir esa biz uni qaytarib olganimizni nazarda tutmoqda.

Bularning barchasi ug‘oriladigan, qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga ega yerlar. Shu tarzda bu uchastkalarning barchasi Orto-Toqay suv ombori evaziga bizni nomimizga o‘tdi», — dedi Tashiyev.

Davlat qo‘mitasi raisi O‘rta To‘qay suv ombori Qirg‘iziston hududida qolayotganini qayd etib o‘tgan.

Toshiyevning aytishicha, qariyb 8 ming gektar yer Qirg‘izistonga o‘tmoqda.

«Jalolobod va Namangan viloyatlari o‘rtasida Gavasoy uchastkasi bor. Bu yerda 5-6ta qirg‘iz qishloqlari va ularning yaylovlari joy olgan. Bu yerda muntazam ravishda qurolli mojarolar yuz berar edi. Endilikda bu uchastka Qirg‘iziston tomoniga o‘tmoqda, mojarolarga barham berildi.

O‘zbekistonga Shahri-soy uchastkasidan 50 gektar joy ajratildi. Lekin buning evaziga biz O‘zgan tumanidan 50 gektar yer olyapmiz», – deya qayd etgan Tashiyev.

O‘zbekiston ixtiyoriga hosilsiz yerlar o‘tyapti, deb qo‘shimcha qilgan u.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    photo
    18.03.2024

    Buxoroda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan avariya oqibatida o‘quvchi halok bo‘ldi (video)

    photo
    29.02.2024

    Buxorodagi san’at maktabida usta pianinoni keti bilan chalgani rostmi yoxud feyk-xabar ortida nima turibdi?

    photo
    27.02.2024

    Buxorolik tadbirkorning o‘z joniga qasd qilgani rostmi yoxud yolg‘on xabar ortida shaxsiy manfaat turibdimi?

    photo
    26.02.2024

    Buxoroda aeroport orqali qadimiy tangalarni Dog‘istonga olib ketishmoqchi bo‘lishdi

    photo
    23.02.2024

    Har bir murojaat e’tiborda — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi

    photo
    09.02.2024

    Ipoteka krediti asosida olingan uy-joyni kreditni to’lamasdan boshqa shaxsga sotish mumkinmi?

    photo
    31.01.2024

    Huquqshunos sharhi: talabalar ham oliygohdan “suyunchi puli” olishga haqli

    picture
    25.01.2024

    Murodjon Umarov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    picture
    23.01.2024

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Achilovga hayfsan berildi

    picture
    19.01.2024

    “Yordam beringlar, otam onamni o‘ldiryapti!” — 20 yillik turmushdan so‘ng qorako‘llik erkak o‘z xotinini bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

    picture
    18.01.2024

    G‘ijduvonlik “uddaburon” tanishining xonadonidan tamaki kontrabandasi uchun foydalanmoqchi bo‘ldi

    picture 1
    17.01.2024

    Markaziy bankning Buxorodagi rahbari Erkin Mansurovning 20 mln dollarlik jinoyat ishidagi aybi isbotlanmadi

    picture
    17.01.2024

    Buxoroda bojxona orqali jangovor o‘qlarni olib o‘tishga urinish bo‘ldi

    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.