O‘zbekiston
«Uzbekistan Airways» barcha yo‘nalishlarda narxlar pasaytirilishini ma’lum qildi
«Uzbekistan Airways» kompaniyasi barcha yo‘nalishdagi aviaparvozlarda narxlar pasaytirilishini ma’lum qildi. Bu haqda 27-mart kuni kompaniya veb-saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, endilikda bagajsiz va qaytarilmaydigan tariflar turlari kiritilgan hamda «Piece concept» (bagajlar soniga ko‘ra) tartibi bo‘yicha bagaj qoidalariga o‘tilgan. Kompaniyaning Telegram’dagi kanalida yangi qoidalarga nisbatan «“Uzbekistan Airways”dan barcha yo‘nalishlarga narxlarning pasayishi», deya ta’rif berilgan.
Unga ko‘ra, bagajsiz va qaytarilmaydigan tariflar uchun quyidagi qoidalar amal qiladi:
Olib o‘tiladigan bagaj me’yori — 0 ta (0PC);
Qo‘l yuki me’yori — 1 ta 8 kilogrammgacha (1PC).
Qaytarish holatida:
reys uchib ketishidan oldin tashuvning foydalanilmagan uchaskalaridagi yoqilg‘i yig‘imi va e’lon qilingan aeroport yig‘imlari qaytarilishi lozim;
reys uchib ketganidan keyin tashuvning foydalanilmagan uchastkalarida faqatgina e’lon qilingan aeroport yig‘imlari qaytarilishi lozim.
Qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish holatida:
Reys uchib ketishidan oldin qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish uchun belgilangan yig‘im undiriladi;
Reys uchib ketganidan keyin qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi;
Qaytarilmaydigan/bagajsiz tariflar qaytarish va olib o‘tiladigan bepul bagaj me’yori shartini ko‘zda tutgan tariflar bilan kombinasiya qilinmaydi;
Bronlash klassini qaytarilmaydigan/bagajsiz klassidan qaytariladigan/bagajlisiga ko‘tarish taqiqlanadi.
Shuningdek, aviakompaniya quyidagilarga e’tibor qaratilishini so‘ragan:
O‘zbekistondan Dubay/Sharja/Istanbul/Nyu-York va orqaga qaytish yo‘nalishlarida olib o‘tiladigan bagajning kamaytirilgan me’yorli qaytarilmaydigan tariflari kiritilgan;
O‘zbekiston–Dubay/Sharja/Istanbul va orqaga qaytish yo‘nalishida qaytarilmaydigan tariflar uchun olib o‘tiladigan bagaj me’yori — 20 kilogramm, chaqaloq (INF) toifasidagi yo‘lovchilar uchun — 10 kilogramm belgilangan;
O‘zbekiston–Nyu-York va orqaga qaytish yo‘nalishida qaytarilmaydigan tariflar uchun olib o‘tiladigan bagaj me’yori 1-o‘rin 23 kilogrammgacha (1PC), chaqaloq (INF) toifasidagi yo‘lovchilar uchun – 1-o‘rin 10 kilogrammgacha (1PC) etib belgilangan.
Shu bilan birga, qaytarish va qayta rasmiylashtirish holatida olib o‘tiladigan bagajning kamaytirilgan me’yorli mazkur tariflar uchun alohida shartlar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev «Uzbekistan Airways» chiptalarining narxi balandligini tanqid qilib, uni arzonlashtirish bo‘yicha topshiriq bergandi. Prezident 2022-yildan Yevropa mamlakatlari, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Yaponiya kabi davlatlar bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash, yangi reyslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Foto: «Uzbekistan Airways»
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi