Texnologiyalar

Smartfon nima uchun qiziydi va buni qanday bartaraf etish mumkin?

picture
Foto: Isupport.kz

Loading

Biz uyali telefonlardan har kuni foydalanamiz, lekin ular hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini xayolimizga ham keltirmaymiz. Gap smartfon ichida yashiringan detallarning eskirishi haqida ketmoqda. Bu gadjetning qizib ketishiga, eng yomon holatda esa yonib ketishiga olib keladi. Yaqinda samolyot yo‘lovchisi bilan ham shunga o‘xshash voqea sodir bo‘ldi. Atrofdagilarning tezkor reaksiyasi tufayli yong‘inning oldi olindi. Bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun qizib ketish sabablari va buzilishning oldini olish usullari haqida Daryo maqolasida so‘z yuritiladi.

Protsessorga yuqori yuklama

Qanday tuzatish mumkin?

Protsessor yuklamasini kamaytirish uchun fondagi ilovalarni yoping. Agar smartfoningiz qizib ketayotganini sezsangiz, unga 10-15 daqiqa dam bering.

Tashqi omillar taʼsiri

Qanday tuzatish mumkin?

Smartfoningizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari taʼsiri ostida qoldirmang. Ammo telefon cho‘ntakda, ko‘rpa ostida yoki qalin g‘ilofda bo‘lsa ham, qizib ketishi mumkin.

Bu omillar alohida olinganda gadjetning qizib ketishiga olib kelmaydi, lekin ular bir vaqtning o‘zida taʼsir qilsa va parallel ravishda siz smartfondan faol foydalanayotgan bo‘lsangiz, kuyish ehtimoli mavjud.

Batareya va quvvatlash muammolari

Qanday tuzatish mumkin?

Smartfonni to‘g‘ri zaryadlashni o‘rganing. Buzilgan yoki original bo‘lmagan quvvat adapteridan foydalanmang. Gadjet elektr tarmog‘iga ulanganida unga tegmaslikka yoki og‘ir fayllarni yuklamaslikka harakat qiling, chunki bu uning qizib ketishiga olib keladi.

Viruslar mavjudligi

Qanday tuzatish mumkin?

Vaqti-vaqti bilan telefoningizni zararli dasturlar uchun tekshirib turing. Keraksiz va shubhali ilovalarni olib tashlang. Texnik xatolardan xalos bo‘lish uchun operatsion tizim va yordamchi dasturlarni yangilang. Agar yuqoridagi amallardan keyin ham qizib ketish yo‘qolmasa, sozlamalarni asliga qaytaring.

Dasturiy taʼminot nosozliklari

Qanday tuzatish mumkin?

Smartfonni qayta ishga tushiring va operatsion tizimning eng oxirgi versiyasiga yangilanganini tekshiring. Agar gadjetda qizib ketish bilan bog‘liq muammoni hal qilib bo‘lmasa, tozalashni amalga oshiring yoki muhim maʼlumotlarni oldindan saqlab, zavod sozlamalariga qayting.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.