O‘zbekiston

G‘ijduvonda shov-shuvli ish: reanimatsiya bo‘limi shifokori giyohvand bo‘lib chiqdi, u tuman tibbiyot birlashmasidagi juda ko‘p miqdordagi narkotik dorilarni o‘zlashtirgan

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tibbiyot tizimini larzaga keltirgan jinoyat fosh etildi.

Tuman tibbiyot birlashmasining kattalar anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limida katta feldsher lavozimida ishlab kelgan fuqaro Y.R. 2023–2025-yillar davomida o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan dori preparatlarini noqonuniy ravishda egallab kelgani aniqlangan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u reanimatsiya bo‘limi hamshiralari bilan jinoiy til biriktirib, “Morfin gidroxlorid 1%”, “Promedol 2%”, “Fentanil 0.005%” hamda “Omnopon” kabi kuchli narkotik dori vositalarini qonunga xilof ravishda o‘zlashtirgan. Moddiy javobgar shaxs sifatida u ichki dorixonadan olingan preparatlar hisobini yurituvchi jurnallar va talabnomalarga soxta ma’lumotlar kiritib, rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirib kelgan.

Aniqlanishicha, jami 7 894 dona, umumiy qiymati 48 million 551 ming 667 so‘mlik narkotik vositalar mansab mavqeini suiiste’mol qilish orqali talon-toroj qilingan. Bundan tashqari, ko‘p miqdordagi morfin, trimeperidin, fentanil va boshqa giyohvandlik moddalari ham noqonuniy egallangani qayd etilgan.

2025-yil 11-iyun kuni mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Y.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) hamda 271-moddasi (giyohvandlik vositalarining qonunga xilof muomalasi) bilan ayblov e’lon qilingan. Unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, gumonlanuvchi giyohvandlik kasalligiga chalingan bo‘lib, majburiy davolanishga muhtoj ekani aniqlangan. Jinoyat ishining reanimatsiya bo‘limi hamshiralariga taalluqli qismi alohida ish yurituvga ajratilgan. Tergov harakatlari yakunlanib, ish sud muhokamasiga yuborilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.