Buxoro yangiliklari

“Sheyxoncha”dagi uylarning birida BFQ ishlab chiqargan yashirin sex aniqlandi

pic
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

Respublikamiz miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor tadbirlari doirasida Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi.

Yashirin sex va noqonuniy faoliyat

Buxoroisharif.uz ga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir davomida Buxoro tumani “Sheyxoncha” mahallasida yashovchi fuqaro o‘z yashash xonadonida bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirgan holda, hech qanday ruxsatnomalarsiz biologik faol qo‘shimcha (BFQ) larni ishlab chiqarish va qadoqlash bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.

Ushbu yashirin sexda sanitariya qoidalariga mutlaqo rioya etilmagan sharoitda turli xil kapsula va suyuqlik ko‘rinishidagi vositalar tayyorlangan.

pic 02

Mubolag‘asiz “zahar” – ekspertiza xulosasi

O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu xonadondan kelgusida sotish maqsadida tayyorlangan quyidagi vositalar ashyoviy dalil sifatida olindi:

  • 149 quti «Kalsiy Maks» vositasi;
  • 1 388 quti «Xon Yeramori» nomli vosita.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu vositalardan foydalanish uchun hech qanday ruxsat berilmagan. Ularning tarkibi insonning ichak tizimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va turli og‘ir allergik holatlarni keltirib chiqarishi tasdiqlandi.

pic 03

Jinoiy javobgarlik va tergov

Mazkur holat yuzasidan Buxoro tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan gumonlanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-prim 1-moddasi, 3-qismi, «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni damda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.