O‘zbekiston

Qaysi viloyatda ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi? Statistika

pic
Foto: Tysi.uz

Loading

O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra ayollar soni 18,9 milliondan oshdi. Bu mamlakat doimiy aholisining 49,6 foizini tashkil etib, demografik tarkibning deyarli yarmini egallaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchi hisoblanadi. Ushbu hududda 2 million 172,4 ming nafar ayol istiqomat qiladi. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (2 million 91,2 ming nafar) hamda Qashqadaryo viloyati (1 million 831,6 ming nafar) qayd etilgan.

Aholisi nisbatan kam hududlarda esa ayollar soni ham pastroq. Xususan, Sirdaryo viloyatida 471 ming, Navoiy viloyatida esa 548,7 ming nafar ayol istiqomat qilmoqda.

image

2026-yil 7-fevral holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 million 300 ming 520 nafarni tashkil etdi. Shundan 19 million 288 ming 132 nafari erkaklar, 19 million 12 ming 368 nafari ayollar hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, erkaklar soni ayollarga nisbatan biroz ko‘proq.

Shuningdek, 2025-yilda mamlakatda oxirgi besh yil ichidagi eng past tug‘ilish ko‘rsatkichi qayd etildi. Yil davomida respublikada 879,6 ming chaqaloq dunyoga kelgan. Ularning 454,7 ming nafari o‘g‘il, 424,9 ming nafari qiz bola.

Eng ko‘p tug‘ilish holatlari aholisi ko‘p hududlar — Samarqand viloyatida 106,2 ming, Farg‘ona viloyatida esa 98,3 ming nafarni tashkil etgan. Statistikaga ko‘ra, tug‘ilgan chaqaloqlarning 859 ming nafari yakka tug‘ilish holatiga to‘g‘ri keladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.