Jahon

Bangladeshda yonilg‘i quyish shoxobchalarida uzun navbatlar paydo bo‘ldi

pic
Foto: Euronews.com

Loading

Bangladesh poytaxti Dhakada avtomobil egalari yoqilg‘i quyish shoxobchalarida soatlab navbatda turishga majbur bo‘ldi. Bunga Eron bilan bog‘liq harbiy mojarolar fonida yoqilg‘i ta’minoti uzilishi mumkinligi haqidagi xavotirlar sabab bo‘lgan.

Yoqilg‘i sotib olish cheklab qo‘yildi

Yakshanba kuni ko‘plab haydovchilar yoqilg‘i zaxirasini to‘ldirishga shoshildi. Hukumat esa vaziyatni nazorat qilish maqsadida har bir avtomobilga beriladigan yoqilg‘i miqdorini cheklovchi norma joriy etdi.

Shu sabab ayrim haydovchilar yonilg‘i quyish shoxobchalarida bir necha soatlab kutishga majbur bo‘lgan.

Bangladesh importga qaram

Mamlakat energiya resurslarining katta qismini import qiladi. Asosan yoqilg‘i va gaz Yaqin Sharq davlatlaridan olib kelinadi.

Rasmiylar mintaqadagi harbiy mojarolar ta’minot zanjiriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirib, aholini yoqilg‘idan tejamkor foydalanishga chaqirdi.

Yangi yoqilg‘i partiyalari yo‘lga chiqarilgan

Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, yoqilg‘i va gazning bir nechta yangi partiyasi allaqachon Bangladeshga jo‘natilgan. Bu choralar mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tanqislikni yumshatishga qaratilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.