Buxoro yangiliklari

Jondorlik valyutafurush voqea joyida ushlandi

pic
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

Buxoro viloyati Jondor tumanida noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan navbatdagi muvaffaqiyatli tadbir amalga oshirildi.

Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 1967-yilda tug‘ilgan fuqaro tumanning “Zarafshon” mahallasida joylashgan savdo do‘konida qonunga xilof ravishda chet el valyutasini ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan.

Buxoroisharif.uz qo‘lga kiritgan insaydga ko‘ra, savdo do‘koni egasi bo‘lgan ushbu shaxs, mijozdan har bir AQSh dollarini 12 100 so‘mdan hisoblab, jami 4 300 AQSh dollarini 52 million 30 ming so‘mga sotib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tadbir davomida xodimlar tomonidan:

  • 4 300 AQSH dollari;
  • 52 million 30 ming so‘m naqd pullar xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.

E’tiborli jihati shundaki, ushbu shaxs muqaddam aynan shunday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishiga qaramay, o‘zining jinoiy faoliyatini davom ettirib kelgan.

Huquqbuzarlik ancha miqdorda va takroran sodir etilganligi sababli, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.