Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi “parkovka”da daraxt avtomobil ustiga qulab tushdi

pic
Foto: Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi

Loading

Buxoro shahridagi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hududida daraxt avtomobil ustiga qulab tushdi. Hodisa shifoxona hududidagi avtoturargohda sodir bo‘lgan. Bu haqda bir nechta Telegram-kanallar xabar berdi.

jtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar va murojaatlardan so‘ng mazkur holat Buxoro shahar Ekologiya bo‘limi inspektorlari tomonidan zudlik bilan o‘rganildi.

O‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra, shifoxona hududida o‘sib turgan bir tup tut daraxtining ildiz qismi zararkunanda hasharotlar ta’sirida zararlangan va markaziy ildizi chirib ketgani sabab daraxt qulab tushgan. Natijada u avtoturargohda turgan Matiz rusumli avtomobil ustiga yiqilgan.

Hodisa oqibatida avtomashinaga moddiy zarar yetgan bo‘lsa-da, fuqarolar orasida jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ayrim hollarda daraxtlarning tashqi qismi sog‘lom ko‘ringani bilan ildiz tizimida jiddiy zararlanish bo‘lishi mumkin. Bunday holatlar ayniqsa kuchli shamol, namlik yoki tuproqning bo‘shashi bilan birgalikda daraxtlarning qulashiga sabab bo‘ladi. Shu bois mutasaddilar tomonidan shahar hududidagi eski va zararlangan daraxtlarni muntazam ravishda ko‘zdan kechirish ishlari olib borilmoqda.

Ekologiya sohasi xodimlarining Buxoroisharif.uz ga ma’lum qilishicha, daraxtlarning holatini vaqtida aniqlash va xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lganlarini parvarishlash yoki sanitariya kesimini amalga oshirish muhimligini ta’kidlamoqda. Bu esa nafaqat avtomobillar va infratuzilma obyektlarini, balki fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida aholi orasida hamda hududlarda targ‘ibot tadbirlari, profilaktik o‘rganishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.