Buxoro yangiliklari

Buxoroda Milliy gvardiya boshlig‘i qo‘l jangi federatsiyasi bo‘limiga rais bo‘ldi

pic
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Loading

O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasining Buxoro viloyati bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi.

Mazkur lavozimga Milliy gvardiyaning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Jo‘raqul Ravshanovich Shernazarov saylandi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Buxoro viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Nadjimidinov hamda O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Mirzaqulov ishtirok etdi. Tadbir davomida soha mutasaddilari viloyatda qo‘l jangi sport turini rivojlantirish bo‘yicha fikr va takliflarini bildirishdi.

Yig‘ilishda ushbu sport turini yoshlar o‘rtasida keng ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni professional darajada tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, viloyatdan xalqaro maydonlarda munosib natijalar ko‘rsatadigan sportchilarni yetishtirish ustuvor vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

Mutasaddilar federatsiya faoliyatini yanada faollashtirish, hududlarda muntazam musobaqalar tashkil etish hamda yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olishdi. Yangi tayinlangan rais oldiga ham aynan shu yo‘nalishlarda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.