Özbekiston

Toshkentda Fransiyaga viza arizalarini qabul qiluvchi yangi markaz ochildi

pic
Foto: Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi

Loading

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Toshkent shahrida Fransiyaga borish uchun viza arizalarini qabul qiluvchi yangi markazni tantanali ravishda ochdi.

TLSContact markazining ish boshlashi ikki davlat — Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotganining yana bir muhim ifodasi sifatida baholanmoqda.

Endilikda Fransiyaga safar qilishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun viza arizalarini topshirish va hujjatlarni qabul qilish jarayonlari faqat TLSContact markazi orqali amalga oshiriladi. Mazkur tizim ariza topshirish jarayonini yanada qulay va tartibli tashkil etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan.

TLSContact markazi Toshkent shahridagi Inco biznes markazi, Chexov ko‘chasi 32-uy, 4-qavat manzilida joylashgan. Bu yerda arizachilar hujjatlarni topshirish, biometrik ma’lumotlarni taqdim etish hamda viza jarayoniga oid maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangi markaz ochilishi O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi sayyohlik, ta’lim va biznes aloqalarining faollashib borayotganidan dalolat beradi. So‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bunday markazlarning tashkil etilishi viza olish jarayonini yanada shaffof va samarali qilishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu tizim arizalarni tezkor ko‘rib chiqish va fuqarolar uchun ortiqcha byurokratik jarayonlarni kamaytirishga yordam beradi.

Fransiya bugungi kunda o‘zbekistonliklar uchun eng mashhur sayyohlik va ta’lim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Yangi markaz faoliyati esa Fransiyaga safar qilishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulay sharoit yaratishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.