O‘zbekiston

“Ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘p” — prezident

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 13-mart kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ichki ishlar tizimidagi ayrim muammolarga e’tibor qaratdi. Davlat rahbari ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifati bo‘yicha fuqarolar tomonidan ko‘plab shikoyatlar tushayotganini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yil davomida ichki ishlar organlari vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha 148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Shu munosabat bilan tizim mas’ullariga aholining murojaatlari eng ko‘p tushayotgan hududlarda joylarga chiqib ishlash topshirildi. Xususan, Denov, Urgut tumanlari hamda Samarqand, Qarshi, Namangan, Jizzax, Farg‘ona va Chirchiq shaharlarida fuqarolar muammolarini o‘rganish, profilaktika inspektorlari va tergovchilarning kasbiy tayyorgarligi hamda muomala madaniyatini oshirish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda yana bir muhim masala — bolalar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklar ham ko‘tarildi. Ma’lum qilinishicha, ushbu hujjatni olishdagi byurokratik jarayonlar yuzasidan 448 nafar fuqaro murojaat qilgan.

“Bu — bolasini bog‘cha yoki maktabga joylashtirish uchun guvohnoma talab qilingani sabab majbur bo‘lib murojaat qilganlar. Hali murojaat qilmaganlar qancha?” deya savol qo‘ydi davlat rahbari.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligiga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish bo‘yicha yechim ishlab chiqish topshirildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.