Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (23.03.2026)

munajjimlar bashorati
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 23-mart, dushanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun sizni hali tushlikkacha yetmay, mo‘may daromad kutadi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Kechqurun do‘stlar bilan uchrashib, birgalikda zavqlanishingiz, quvnoq suhbatlar qurishingiz ehtimoli bor.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Bugun ishxonangizda shu qadar ishchan va uddaburonga aylanasizki, hamkasblar ko‘rib hasaddan yoqasini tishlaydi. Ularga kelgusi rejalaringizni aslo oshkor etmang.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

O‘z yo‘lingizni, ixtiyoringizni, orzu-istaklaringizni o‘zingiz boshqarishingizga to‘g‘ri keladi. Yo‘llar ravon, ammo burilishlarda juda sergak bo‘ling.

Arslon (24.07 — 23.08)

Kimlardandir qarzingiz bo‘lsa, bugundan qoldirmay qaytarishingiz tavsiya qilinadi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Kuningiz bahslar hamda janjalli vaziyatlar bilan boshlanmasin desangiz, tabiatingizga xos qaysarlik, qiziqqonlikdan yuz o‘gira turing.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Kimlargadir nimanidir berishingiz zarurdek tuyula boshlaydi. Bankdan kredit olgan bo‘lsangiz, to‘lash fursati yetdi.

Chayon (24.10 — 22.11)

Erta tongdan yoqimsiz xabarlar eshitishingiz ehtimoli bor. Shu sabab bilan kayfiyatingiz tushib ketishi mumkin.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingiz baroridan kelib, hamkasblar oldidagi hurmat-e’tiboringiz ikki hissa ortadi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Kun davomida muvaffaqiyat qozonishga, zafar quchishga, omad dengizida suzishga to‘liq haqlisiz. Omadga erishishingiz yo‘lida chek-chegara bo‘lmaydi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Ishda hamkasblar fikri bilan hisoblashgan holda harakatlar sodir eting. Shunda ko‘nglingizni shubha buluti bosmaydi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Keragidan ortiq daromad olish payiga tushmang. Boridan ham ayrilib qolishingiz mumkin.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.