Buxoro yangiliklari
Buxorodagi “zapravka”da benzin quyishda “urib” qolinayotgani aniqlandi
Buxoro viloyatida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida iste’molchiga kam benzin quyilgani aniqlanib, holat bo‘yicha ish sudga oshirildi. Bu haqda texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Sh.M. yoqilg‘i quyish vaqtida kolonka ko‘rsatkichiga nisbatan kam benzin berilganidan shubhalanib, ishonch telefoniga murojaat qilgan. Ushbu murojaat asosida Peshku tumanida joylashgan “P. A. P.” xususiy korxonasida tekshiruv o‘tkazildi.
Nazorat davomida AI-92 markali yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi “Texno Uz” rusumli ustuncha belgilangan me’yorlarga mos kelmasligi, ya’ni kam yoqilg‘i berayotgani aniqlangan. Bundan tashqari, korxonada foydalanilayotgan 6 dona o‘lchash vositasi metrologik tekshiruvdan o‘tmagani ham ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan korxona rahbariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish hujjatlari Peshku tuman sudiga yuborilgan.
Mutasaddilar fuqarolarni shubhali holatlarga duch kelganda 1880 qisqa raqami orqali murojaat qilishga chaqirmoqda.
Mazkur holat yoqilg‘i bozorida nazoratni kuchaytirish zaruratini yana bir bor ko‘rsatmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


