O‘zbekiston
Markaziy bank: O‘zbekistonda 11 ta bank jarimaga tortildi
Markaziy bank huzuridagi Bank nazorati qo‘mitasi 2026-yil fevral oyida o‘tkazilgan 7 ta yig‘ilish davomida jami 43 ta masalani ko‘rib chiqdi va tegishli qarorlar qabul qildi. Bu haqda Markaziy Bank matbuot xizmati xabar berdi.
Bank nazorati qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, masalalarning 30 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi. Ular qatorida kredit tashkilotlari ustaviga o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ustav fondidagi ulushlarga ruxsat berish, auditorlarga sertifikat taqdim etish, mikromoliya tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda tijorat banklari rahbariyati va muhim xodimlar nomzodlarini ko‘rib chiqish bor.
Shuningdek, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 13 ta masala muhokama qilingan. Xususan, prudensial me’yorlarga rioya etilishi, inspeksiya natijalari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, kiberxavfsizlik talablari hamda moliyaviy xizmatlarni “tartibga solish qumdoni” doirasida sinovdan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, qonunchilik talablariga muvofiq faoliyatini tashkil etmaganligi uchun hamda inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 11 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
Prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi, o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlashtirmaganligi hamda o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 14 ta bank va 4 ta to‘lov tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Bundan tashqari, 8 ta bankka nisbatan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning bank moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sirini kamaytirish, ularda makroprudensial buferlar shakllantirishini ta’minlash maqsadida bank aksiyadorlariga oddiy aksiyalari bo‘yicha dividendlar to‘lash orqali foydani taqsimlamaslik talabi belgilandi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


