Salomatlik

Yog‘li ovqatlar va kam uxlash nimalarga olib keladi?

pic
Foto: Freepic.com

Loading

Immunitet — tananing tashqi va ichki tahdidlarga qarshi kurashish qobiliyatidir. Stress, nosog‘lom ovqatlanish, jismoniy harakatsizlik, kasallik, zararli odatlar — bularning barchasi himoya tizimida bo‘shliqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Immunitet esa ularga qarshi ta’sir qilolmaydi. Agar quyida ro‘yxatdagi belgilarning kamida yarmi kuzatilsa, immunitet pasayadi va salomatlik xavf ostida qolishi mumkin. Daryo shular haqida yozmoqda.

Organizm doim shirinlikni talab qiladi

Shirinlikka bo‘lgan ehtiyoj o‘z-o‘zidan immunitetni zaiflashtiruvchi belgi emas, ammo ratsionda shakar miqdorining ko‘payishi himoya kuchini susaytirishi mumkin. Kuniga 100 gramm shakar taxminan 5 soat davomida immunitet faoliyatini to‘xtatadi.

Kam yoki yaxshi uxlamaslik

Tungi uyqu paytida tana hamda miya tetiklashadi. Uyqu vaqtida immunitet tizimi kun davomida duch kelgan yangi bakteriya va viruslarni xavf-xatarlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yadi. Ammo yetarlicha uyqu bo‘lmasa, ushbu mexanizm samarali ishlay olmaydi — natijada himoya tizimi yomonlashadi. Bu holatdan so‘ng ORVI, gripp, yoki oddiygina shamollash bemorda og‘ir kechadi va uni bartaraf etish uchun ham ko‘p vaqt talab etiladi.

Yog‘li ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish

Yog‘ga to‘yingan ovqatlar tanadagi yallig‘lanish jarayonining rivojini qo‘zg‘atadi, immunitetga ortiqcha yuk yuklaydi va oxir-oqibat uni zaiflashtiradi. Ratsionda o‘simlik moyi, baliq yog‘i va yong‘oqlar kabi yetarlicha to‘yinmagan yog‘lar mavjud bo‘lgan mahsulotlarga ahamiyat berish kerak. Ushbu mahsulotlar tanada yallig‘lanishga qarshi kurashishga va hattoki patogenlarni tanib olishga yordam beradi.

Burun oqishi va undagi quruqlik

Burun shilliq qavati bakteriya va viruslar uchun tabiiy to‘siq hisoblanadi. Agar havoda namlik yetarli emasligi sabab shilliq qavat qurib qolsa, mikroblar halqumga osongina kirib boradi va kasallanish holati kuzatiladi. Muammoni hal qilishda namlagich yoki burun uchun sprey yordam berishi mumkin. Ammo quruqlik uzoq muddat davom etsa, shifokorga murojaat qilish zarur.

Kam harakat qilish

Buyuk Britaniyaning “Sport tibbiyoti” jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, haftasiga bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanganlar mashq qilmagan insonlarga qaraganda salomatlikni qayta tiklash uchun 42 foiz kamroq vaqt sarflaydi. Shuning uchun kichik jismoniy faollik yoki oddiy yurish ham immunitetni kuchaytiradi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.