Buxoro yangiliklari

Buxoroda “Yil hamshirasi – 2026” ko‘rik-tanlovi go‘liblari aniqlandi

pic
Foto: Buxoro viloyati SSB

Loading

Kuni kecha Buxoroda Xalqaro hamshiralar kuniga bag‘ishlab “Yil hamshirasi – 2026” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamda O‘zbekiston hamshiralar assotsiatsiyasining 2026-yil 3-fevraldagi qo‘shma qarorlari ijrosi doirasida, Buxoro viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Kasaba uyushmasi viloyat kengashi va hamshiralar assotsiatsiyasi hududiy bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazildi.

Tanlovda sog‘liqni saqlash muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali o‘rta tibbiyot xodimlari ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalari, kasbiy mahorati hamda fidoyiligini namoyon etdilar.

Viloyat bosqichi doirasida bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi. Jumladan, “Hamshira – 2026” tanlovida 9 nafar ishtirokchi, “Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” tanlovida 15 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar, “Patronaj doya – ayol salomatligi tayanchi” tanlovida 14 nafar, “Mening onam hamshira” rasmlar tanlovida 14 nafar hamda “Yilning eng yaxshi IT operator-hamshirasi” tanlovida 13 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra eng munosib ishtirokchilar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar quyidagicha taqdirlandi:

1-o‘rin – viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi hamshirasi Isoqova Shaxnoza Axad qizi (respublika bosqichiga yo‘llanma oldi);
2-o‘rin – Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Buxoro filiali bolalar reanimatsiyasi hamshirasi Ibodova Maqsuda Ubayt qizi;
3-o‘rin – Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi hamshirasi Karimova Maftuna To‘ymurodovna.

Shuningdek, ishtirokchilar “Yilning eng yaxshi hamshirasi”, “Yilning eng yaxshi tibbiy brigada hamshirasi”, “Yilning eng yaxshi muolaja va emlash hamshirasi”, “Yilning eng yaxshi operatsiya xonasi va bloki hamshirasi”, “Yilning eng yaxshi tez tibbiy yordam stansiyasi hamshirasi”, “Yilning eng yaxshi shoshilinch tibbiy yordam hamshirasi”, “Yilning eng yaxshi katta hamshirasi”, “Yilning eng yaxshi doya”, “Yilning eng yaxshi laboranti”, “Yilning eng yaxshi sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi”, “Yilning eng yaxshi feldsheri”, “Yilning eng yaxshi farmatsevt”, “Yilning eng yaxshi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati o‘rta tibbiyot xodimi”, “Yilning eng yaxshi bolalar hamshirasi”, “Yilning eng yaxshi anesteziologiya va reanimatsiya hamshirasi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham taqdirlandilar.

pic02

Tadbir yakunida Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Sheroz Ergashev hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining hamshiralik ishi bo‘yicha bosh mutaxassisi, O‘zbekiston hamshiralar assotsiatsiyasi Buxoro viloyat bo‘linmasi raisi Anvar Xolmurodovich g‘olib va sovrindorlarni tantanali ravishda taqdirladilar.

pic03

Bu kabi tanlovlar, o‘z navbatida, o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ularning mehnatiga munosib baho berish hamda soha nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.