Buxoro yangiliklari
Buxoro shahrida ommaviy yurish-marafoni o‘tkazildi
Kecha, 25-aprel kuni ertalab Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ommaviy yurish-marafoni va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etildi.
Marafon Ark qo‘rg‘oni oldidan start olib, Labi hovuz majmuasigacha davom etdi. Ushbu yo‘nalish ishtirokchilarga jismoniy faollik bilan birga Buxoroning tarixiy muhitini his qilish imkonini berdi.
Tadbirning asosiy maqsadi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida birdamlik va jamoaviylikni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. Marafon bilan birga ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari ham tashkil etilib, ishtirokchilar kunni tetiklik va yuqori kayfiyatda boshlashdi.
Tadbir davomida samimiy muhit va faol ishtirok alohida ajralib turdi. Ishtirokchilar o‘zaro hamjihatlikni namoyon etib, sport orqali sog‘lom hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashdi.
Mazkur marafon nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki jamiyatda ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


