Buxoro yangiliklari

Buxoroda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tender e’lon qilindi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari uchun navbatdagi ochiq tender o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Tender O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ochiq tender 2026-yil 21-may kuni soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi. Unda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish rejalashtirilgan. Ishtirok etish uchun arizalar va takliflar maxsus elektron platforma orqali qabul qilinadi.

Tenderda qatnashmoqchi bo‘lgan talabgorlar hujjatlarini e-tender.uztrans.uz veb-saytii orqali taqdim etishi lozim.

Mazkur tender doirasida quyidagi shahar atrofi yo‘nalishlari lot sifatida chiqarilgan:

  • 397 — G‘ijduvon avtostansiyasi – Mazragan (ikkala tomondan) (M3)
  • 348 — Xo‘jaubbon – Buxoro avtovokzali (ikkala tomondan) (M1)
  • 467 — “Raboti Qozi” MFY – 5-kichik nohiya (ikkala tomondan) (M1)

Mutasaddilar ushbu tender orqali yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini oshirish, aholiga qulay va xavfsiz transport xizmatlarini taqdim etish maqsad qilinganini ta’kidlamoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.