Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (01.05.2026)
2026-yilning 1-may, juma kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Agar ilgari kimlargadir chin ko‘ngildan moddiy yordam ko‘rsatgan bo‘lsangiz, bugun shu saxovat o‘zingizga qaytadi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Ishxonada hamkasblaringiz bilan bamaslahat ish tutsangiz, sira ziyon qilmaydi. Faqat yangi g‘oyalar haqida gapirishda ehtiyot bo‘ling.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Atrofdagilar bilan muloyim munosabatda bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Hatto, endigina tanishgan odamingiz qo‘pol bo‘lsa ham siz muloyim munosabatlarni davom ettiring.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Moddiy ahvolingiz yomon emas. Demak, yoqimli xaridlarni amalga oshirish, kreditni to‘lash va eski qarzlarni egalariga qaytarish uchun bel bog‘layversangiz yarashadi.
Arslon (24.07 — 23.08)
Ro‘zg‘ordagi muammolarni bartaraf etishda o‘ta faollik talab qilinadi. Zahira pullar yetarli.
Parizod (24.08 — 23.09)
Qiyin va keraksiz ishlarni bajarishdan tiyiling. Imkon topsangiz, tabiat qo‘ynida yoki oilangiz davrasida dam oling.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Salomatlikka ziyon yetkazib qo‘ymaslik uchun imkon doirasida ishni dam olish bilan almashtirib turishingizga to‘g‘ri keladi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Pul masalasida ahvolni me’yoriy darajaga yetkazish uchun mayda xaridlar bilangina cheklanib turing.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Muhabbatda o‘zingizni shunday tutingki, nihoyat juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz tuyg‘ularingizga qattiq ishona boshlasin. Romantik bo‘ling.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Omad faqat siz tomonda bo‘lishi uchun emotsiyani nazoratda tuting. Bir joyda uzoq vaqt o‘tirib qolishdan saqlaning. Ko‘proq harakatlaning.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Martabangizni oshirishda eng qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaslik uchun tashabbuskor bo‘lishingiz lozim.
Baliq (20.02 — 20.03)
Oila qurmaganlar uchun bugun romantik tanishuvlarni boshdan o‘tkazish muvaffaqiyatli kechadi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


