Buxoro yangiliklari
Buxoroda “OVIR” xizmati yangi manzilga ko‘chdi
Buxoro viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi (“OVIR” xizmati) yangi binoga ko‘chdi. Endilikda fuqarolar pasport-viza, fuqarolik va migratsiya bilan bog‘liq xizmatlardan yangi manzilda foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Ma’lum qilinishicha, boshqarma Bahouddin Naqshband ko‘chasidagi 10-uyga joylashtirilgan. Yangi bino eski S. Ayniy teatri va sobiq tug‘ruqxona hududida, Turizm politsiyasi boshqarmasi yonida joylashgan.
Fuqarolar uchun xizmat ko‘rsatish tartibi ham e’lon qilindi. Boshqarma dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Shanba kuni esa xizmatlar 09:00 dan 13:00 gacha ko‘rsatiladi. Yakshanba dam olish kuni etib belgilangan.
Tushlik vaqti har kuni 13:00 dan 14:00 gacha davom etadi. Mutasaddilar fuqarolardan murojaat qilishda ushbu vaqtlarni inobatga olishni so‘ramoqda.
Shuningdek, boshqarma rahbariyati bilan bog‘lanish uchun aloqa raqamlari ham taqdim etildi. Fuqarolar zarur ma’lumotlarni olish yoki murojaat qilish uchun (+998) 65-224-21-10, +99865-224-42-32 hamda (+998) 65-224-33-01 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.
Mas’ullar ushbu o‘zgarish haqida yaqinlar va tanishlarni ham xabardor qilishni tavsiya etdi. Bu esa fuqarolarga migratsiya va fuqarolik xizmatlaridan foydalanishda ortiqcha ovora bo‘lishning oldini olishga xizmat qiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


