Özbekiston

O‘zbekistonda «Renault Avtovaz» zavodi quriladi

photo 205

Loading

Jizzax viloyatida Fransiyaning Renault Avtovaz avtomobil zavodi quriladi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi ishonchli muvaqqat vakili Bris Rokfey hamda fransuz biznes-hamkorlari bilan uchrashuv o‘tkazgan Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayev ma’lum qildi.

Uchrashuvda Fransiya tomoni ishtirok etayotgan float-oyna va FIVES STEIN avtomobillar uchun oyna ishlab chiqarish zavodi; mahalliy ishlab chiqarilayotgan BOPP plyonkalarini sotish kabi Jizzaxning uch investisiya loyihalarining hozirgi ahvoli muhokama qilingan va dastlabki bitimlar imzolangan.

“Joriy yilda Renault Avtovaz avtomobil zavodi qurilishi va ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Muzokaralar jarayonida mazkur loyihalarni amalga oshirishning aniq muddatlari belgilab olingan”, degan Ahmadxo‘jayev.

Bundan tashqari, Jizzax viloyatida turizm biznesini rivojlantirish uchun Fransiyaning sayyohlik kompaniyalarini jalb etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.