Buxoro yangiliklari
Buxoroda tug‘ma yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalarga bepul operatsiyalar boshlandi
Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan o‘tkazilgan taqdimotda respublika bo‘yicha 10 mingdan ortiq bemor bolalarga bepul jarrohlik amaliyotlari o‘tkazish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Buxoro viloyatida ham amaliy ishlar boshlab yuborildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tug‘ma yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalarni bepul operatsiya qilish bo‘yicha manzilli yordam ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Kuni kecha Elyor Oltiyev tomonidan og‘ir xastalik bilan kurashayotgan bolalarga maxsus vaucherlar topshirildi.
Jumladan, Vaqf jamoat xayriya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Qorako‘l tumani “Jig‘achi” mahallasida yashovchi ikki yoshli Muhammadali Shavkatovga bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun vaucher berildi.
Shundan so‘ng bolakay Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun yotqizildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tug‘ma yurak nuqsonlari bolalar orasida eng murakkab kasalliklardan biri hisoblanadi. Bunday xastaliklarni vaqtida aniqlash va zamonaviy usullar asosida davolash bolaning keyingi hayoti va sog‘lom ulg‘ayishida muhim аҳамият касб этади.
So‘nggi yillarda yurtimizda bolalar tibbiyotini rivojlantirish, yuqori texnologiyali operatsiyalar sonini ko‘paytirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, xayriya jamg‘armalari va davlat tashkilotlari hamkorligida og‘ir xastalikka chalingan bolalarni bepul davolash tizimi bosqichma-bosqich kengayib bormoqda.
Buxoro вилоятида ham bolalar salomatligini muhofaza qilish, murakkab kasalliklarni erta aniqlash va zamonaviy tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bu kabi xayrli tashabbuslar nafaqat bolalarning sog‘lig‘ini tiklash, balki ularning oilalarini ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shifokorlarning qayd etishicha, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarining kengayishi og‘ir kasallikka chalingan bolalarning hayot sifatini yaxshilash va ularni sog‘lom hayotga qaytarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


