O‘zbekiston

Barcha viloyat hokimlari Toshkent viloyati tajribasini o‘rgandi

pic
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Loading

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari Toshkent viloyatida amalga oshirilgan yirik investitsiyaviy, sanoat va turizm loyihalari bilan tanishish hamda ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida viloyatga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ham ishtirok etib, hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik va investitsiyaviy loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv dasturining dastlabki manzili Chorvoq darvozasi bo‘ldi. Mehmonlarga hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, zamonaviy infratuzilma yechimlari hamda turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar taqdim etildi.

Safar davomida hududning tabiiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yangi turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish va zamonaviy obyektlarni barpo etish borasida to‘plangan tajribalar o‘rganildi.

Shundan so‘ng delegatsiya Bo‘stonliq tumanida joylashgan zamonaviy rekreatsion maskan — “Ugam River” markaziga tashrif buyurdi. Ugam daryosi sohilida, tog‘lar bag‘rida barpo etilgan mazkur majmuada yaratilgan qulay shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda sog‘lomlashtirish va dam olish imkoniyatlari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Dengiz sathidan 950 metr balandlikda joylashgan “Ugam River” majmuasi bugungi kunda mahalliy aholi va mamlakatning turli hududlaridan kelayotgan sayyohlar uchun ommabop dam olish maskanlaridan biriga aylangani qayd etildi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari “Chimyon” turistik majmuasi hududidagi “Za’faron” mehmonxonasi faoliyati bilan tanishib, mehmonlarga yaratilgan sharoitlar va servis xizmatlari darajasini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida hudud rahbarlari Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati bilan ham tanishdi. U yerda sanoatni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur tashrif hududlar o‘rtasida tajriba almashish, muvaffaqiyatli loyihalarni ommalashtirish hamda iqtisodiy rivojlanishning samarali modellarini keng joriy etish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.