O‘zbekiston

Buxoroda 1-sinfga onlayn qabul 20-iyundan boshlanadi

photo
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Loading

2026–2027-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari 20-iyun kuni soat 09:00 dan rasman boshlanadi.

Ota-onalar farzandlarini 1-sinfga qabul qilish uchun arizalarni vazirlikning my.maktab.uz elektron platformasi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn tarzda yuborishlari mumkin.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, qabul jarayonlarini qulay va shaffof tashkil etish maqsadida elektron tizimlar orqali xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolarga masofadan turib ariza topshirish imkoniyati yaratilgan.

Elektron qabul yuzasidan savollar yuzaga kelgan taqdirda, fuqarolar 71-203-07-04 hamda 71-203-04-03 telefon raqamlari orqali call-markazga murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, Telegram messenjeridagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali ham zarur ma’lumot va maslahatlar berib boriladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda barcha tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari huzurida 1-sinfga qabul jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi maxsus shtablar tashkil etilgan.

Hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali ham mutaxassislardan maslahat olishlari mumkin:

  • Buxoro shahri — 90 635 98 96
  • Kogon shahri — 93 665 33 36
  • Buxoro tumani — 91 311 91 17
  • Vobkent tumani — 99 065 70 42
  • Jondor tumani — 99 700 43 75
  • Kogon tumani — 93 689 69 39
  • Olot tumani — 93 471 17 27
  • Peshku tumani — 99 702 32 74
  • Romitan tumani — 99 590 04 75
  • Shofirkon tumani — 95 191 06 09
  • Qorako‘l tumani — 93 458 38 40
  • Qorovulbozor tumani — 91 649 18 70
  • G‘ijduvon tumani — 90 512 81 15

Mutasaddilar ota-onalarni elektron xizmatlardan faol foydalanishga, qabul jarayonlari bilan bog‘liq savollar yuzaga kelganda esa mas’ul mutaxassislarga murojaat qilishga chaqirmoqda. Qayd etilishicha, onlayn qabul tizimi hujjat topshirish jarayonini soddalashtirish, ortiqcha navbatlar va byurokratik to‘siqlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.