Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (09.07.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 9-iyul, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Shaxsiy hayotda sizni syurprizlar, qiziqarli uchrashuvlar kutib turadi. Moliyaviy masalada tanaffuslar aytarli ko‘zga tashlanmaydi.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Kunning birinchi yarmida o‘tmishdagi xatoliklar bilan yuzma-yuz bo‘lasiz. Kechki payt esa immunitetingizni ko‘tarish payida bo‘ling.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Moliyaviy sohada omadga erishish uchun tejamkor bo‘lishingiz lozim. Garchi kattaroq xaridlarni rejalashtirib qo‘ygan bo‘lsangiz-da, pulingizni tiyin-tiyinigacha hisob-kitobda ushlang.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Ish jarayonida ham, oilaviy hayotda ham faqat qalbingiz amriga quloq tutgan holda ish ko‘ring. Shunda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymaysiz.

Arslon (24.07 — 23.08)
Salomatligingiz haqida deyarli qayg‘urmay qo‘ygansiz. Shuning uchun tez-tez mazangiz qochishi kuzatilmoqda.

Parizod (24.08 — 23.09)
Shaxsiy hayotingizda favqulodda paydo bo‘ladigan ayrim vaziyatlar qarshisida bosh egishga majbur bo‘lasiz. Ular asabingizni buza boshlaydi. Ammo bu vaziyatlarni boshqachasiga aylanib o‘tishning imkoni yo‘q.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Kun davomida ko‘pchilik foydali tanishuvlarni boshdan kechiradi. Salomatligingiz yomonlashayotganini sezsangiz, vrachga uchrashing.

Chayon (24.10 — 22.11)
Kunning birinchi yarmidanoq ko‘nglingizga yoqib tushadigan ish topasiz va bu ish sizga kun davomida yoqimli lahzalarni hadya etadi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kun bo‘yi nimaiki ishga qo‘l urmang, o‘zingizga nisbatan talabchan bo‘ling. Doimiy tarzda yangiliklar sari intiling. Muhabbatda sizni syurpriz kutadi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugungi moliyaviy muammolar juda murakkab. Shuning uchun ularni bir necha soatda bartaraf eta olmaysiz. Bu ishda huquqshunos ko‘magi ham zarur bo‘lishi mumkin.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Kuningiz turli qiziqarli, quvonchli hodisalarga boy bo‘ladi. Agar ishda o‘z vaqtida kerakli pozitsiyani egallay bilsangiz, g‘alaba sizniki bo‘ladi.

Baliq (20.02 — 20.03)
Bugun boshqa uyga ko‘chib o‘tish, yoqimli xaridlarni amalga oshirish va tabiat qo‘ynida dam olish ko‘ngildagidek kechadi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.