Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (23.07.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 23-iyul, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun yaqin insonlar bilan iliq va qaynoq munosabatda bo‘ling. Ishxonadagi ish orasida tanaffuslarga o‘rin bering.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Erta tongdanoq kayfiyatingiz buzilish kutiladi. Chap yoningiz bilan turganmisiz, nima balo, qarindoshlar, yaqinlaringiz hadeganda sizga tanbeh bera boshlashlari mumkin.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Har qanday ish, jismoniy zo‘riqish siz uchun yengil kechadi. Vujudingizda quvvat keragidan ham ortiqligi eng mushkul vaziyatlardan ham oson chiqib ketishingizda yordam beradi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugungi kuningiz shunchalar ulug‘ va quvnoq kechadiki, lof bilan aytganda yuz yildan keyin ham odamlar eslab yurishadi. Har bir sodir bo‘layotgan voqea yoqimli lahzalarga boy kechadi.

Arslon (24.07 — 23.08)
Kunning birinchi yarmidayoq ishxonadagi barcha ishlarni o‘zingizga bo‘ysundiring, ichki dunyongizni ham nazoratingiz ostiga oling.

Parizod (24.08 — 23.09)
Oila qurmagan bo‘lsangiz, bugun taqdir sizga o‘zingizga mos, juda yoqib tushadigan insonni ro‘baro‘ qilishi mumkin. Qalbingiz muhabbatdan larzaga kelishi tayin.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Kunning birinchi yarmida shaxsiy ishlar bilan yaqin manzilga safar qilishingiz kutiladi. Hoynahoy, bu safarda sizga suyukli insoningiz ham hamrohlik qilsa kerak.

Chayon (24.10 — 22.11)
Bugun siz uchun haqiqiy mehnat kuni bo‘ladi. Lekin mehnat ketidan albatta muvaffaqiyat hamda yoqimli lahzalarni ergashtirib keladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun o‘z prinsiplaringizga sodiq qolgan ko‘yi harakatlar sodir etishingiz kutilmoqda. Hatto muloyim va bosiq bo‘lish zarur vaziyatlarda ham baribir prinsiplardan voz kecha olmaysiz.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Anchadan beri xotirjam tortishni, tinchlanishni orzu qilardingiz. Mana, o‘sha lahzalar yaqin. Bugun orzuingizni haqiqatga aylantira olasiz.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Ish joyingizga kechikmasdan yetib borishga harakat qiling. Aks holda rahbarlarning tanqidiga uchraysiz.

Baliq (20.02 — 20.03)
Asablarni asrang va o‘zingizni yetarlicha sevishga odatlaning.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.