Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (20.07.2026)
2026-yilning 20-iyul, dushanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Birinchi o‘rinda eng muhim ishlarni amalga oshirishingiz zarur bo‘ladi. O‘zingizdan tajribasi ko‘proq, yoshi ulug‘lar oldida ham o‘zingizni tetik, qaynoq tuting, zarar qilmaydi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
G‘alati tuyulsa ham bugun o‘zingizni qidirishingiz zarur. Siz keyingi kunlarda negadir o‘zingizda emassiz.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Nimaiki ishga qo‘l ursangiz ham asta-sekin, mulohaza qilgan holda harakatlar sodir eting. Ish ko‘p, ammo siz robot emassiz.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Ish joyingizga kirib borganingizdan kayfiyatingiz ko‘tarinki tusga kirishi kutilmoqda. Hamkasblar sizni olqish-u maqtovlarga ko‘mib tashlashlari, o‘zaro munosabatlar yanada yaxshilanishi mumkin.
Arslon (24.07 — 23.08)
Siz nafaqat faol va mas’uliyatli, balki juda e’tiborli insonga aylanasiz. Hatto, mayda-chuyda yumushlar ham e’tiboringizdan chetda qolmaydi. Demak, rahbarlarning maqtovlari-yu, mukofotlarini kutavering.
Parizod (24.08 — 23.09)
Ertalabdanoq katta ishlarni ado etishingiz uchun yetarli darajada kuch va imkoniyatlarga ega bo‘lasiz. Moddiy masalada do‘stlardan biri yaqindan ko‘maklashib yuborishi mumkin.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Oila qurishga ulgurmagan ba’zi do‘stlarimiz bo‘lg‘usi juftidan nihoyat muhabbat izhorini eshitishga muyassar bo‘lishadi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Qobiliyatingiz bir olam. Ishda ham, shaxsiy hayotda ham buni hamma biladi. Bugun kamtarlikni yig‘ishtirib qo‘ying-da, yana bir bor o‘sha qobiliyatingizni hammaga ko‘z-ko‘z qiling.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Har bir bosayotgan va bosajak qadamingizni chuqur tahlildan o‘tkazing. Har bir tilingizga ko‘chiradigan so‘zni tahlil eting. Aks holda ishda ham, oilada ham atrofdagilar bilan me’yorida munosabat yuritishingiz qiyinlashib qoladi.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Muhabbatda omadingiz chopadi. Ammo atrofingizdagilarga bu yoqib tushmasligi mumkin. Sababi, siz ma’lum vaqt hasad domida qolib ketganlar davrasiga tushib qolasiz.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Hayotingizda ko‘plab kutilmagan vaziyatlar paydo bo‘ladi. Ammo ularning barchasi yoqimli kechadi.
Baliq (20.02 — 20.03)
Rahbarlar zimmangizga o‘ta mas’uliyatli vazifani yuklashmoqchi. Lekin qayg‘uga botmang, buni ham osonlik bilan uddalaysiz.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


