Buxoro yangiliklari
Buxoroning tashqi savdo hajmi 1,2 milliard dollardan oshdi
![]()
Bojxona qo‘mitasi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi H. Tangriyev Buxoro viloyatidagi bir qator tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning bojxona xodimlariga nisbatan jamoatchilik fikrlarini o‘rgandi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Bugungi kunda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, biznes uchun qulay shart-sharoit yaratish va tashqi savdo jarayonlarini soddalashtirish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan biridir. Bu jarayonda bojxona xizmati ham alohida o‘rin tutadi.

Xususan, Buxoro viloyatida tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, eksport-import operatsiyalarini yengillashtirish va bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan yetti oyida viloyatda tovarlarning tashqi savdosi 1,2 milliard AQSH dollaridan oshdi. Xususan, tovarlar eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 baravar ko‘paydi.

Buxoroda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar dunyoning 34 ta davlatiga eksport qilinmoqda. Afg‘oniston, Rossiya, Pokiston, Tojikiston, Eron, Marokash va Xitoyga eksport qilinayotgan mahsulotlar ko‘lami oshgan.

Viloyatda tovarlar eksporti bilan shug‘ullangan tadbirkorlar soni 61 nafarga ko‘payib, jami 320 tani tashkil qildi. “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimidan foydalangan tadbirkorlar soni esa 23 taga yetdi.

Ta’kidlash joizki, eksport hajmi oshgan mahsulotlarning salkam 68 million dollari, ya’ni 17 foizi to‘qimachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu viloyatda mazkur tarmoqning eksport salohiyati tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

Eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishda viloyatning chekka hududlarida ham yangi quvvatlarni ishga tushirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada, birgina Qorako‘l tumanida yil boshidan buyon salkam 6 million dollarlik mahsulot xorijga eksport qilindi.
Masalan, tumanda yaqinda ishga tushirilgan tikuvchilik korxonasi yiliga 2 million dona tayyor futbolka ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yiliga 2 million dollarlik eksport deganidir.
Tadbirkorlarga bojxona tartib-taomillarini tushuntirish, yuzaga kelayotgan masalalarni hal etish hamda eksport-import jarayonlarini yengillashtirish borasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish har bir bojxona xodimining kundalik vazifasiga aylangan.
Zero, tadbirkor uchun yaratilgan har bir qulaylik yangi loyiha, yangi ish o‘rni va yangi eksport imkoniyati demakdir.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


