Buxoro yangiliklari

Yaxyo Norov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Buxoro viloyatida navbatdagi kadrlar tayinlovi amalga oshirildi. Norov Yaxyo Ismat o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrug‘i bilan Buxoro viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Yaxyo Norov 1991-yilda Buxoro viloyatining Jondor tumanida tug‘ilgan.

U mehnat faoliyati davomida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida hamda bank tizimida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Xususan, Yaxyo Norov Jondor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar esa “Biznesni rivojlantirish banki”ning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Endilikda Yaxyo Norov viloyatda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘ladi.

Uning bandlik tizimidagi faoliyati hamda bank sohasida orttirgan tajribasi hududlarda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni barqaror daromad manbalariga yo‘naltirish va yangi loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.