Buxoro yangiliklari

Buxoroda giyohvandlik savdosini daromad manbaiga aylantirganlarga sud hukmi o‘qildi

bux 24 05 cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Kogon shahrida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan ikki kishiga nisbatan jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Sud materiallariga ko‘ra, avvaldan tanish bo‘lgan Kogon shahrida yashovchi ikki fuqaroning biri giyohvandlik vositalarini muntazam iste’mol qilgan. Ular 2026-yil 14-mart kuni oldindan jinoiy til biriktirib, guruh bo‘lib, shartli xaridorga 5 million so‘m evaziga bir o‘ram giyohvandlik vositasini sotgan vaqtida hujjatlashtirilgan.

Ekspertiza xulosasida o‘ramdagi moddaning sof vazni 14,40 gramm bo‘lgan gashish smolasi — kannabis giyohvandlik vositasi ekani qayd etilgan. Keyinchalik gumonlanuvchilardan birining Buxoro shahridagi uyi ko‘zdan kechirilganda, sof vazni 760 gramm bo‘lgan marixuana hamda ko‘p miqdordagi nasha o‘simligi aniqlangan.

O‘simliklar gul tuvaklariga ekilib, keyinchalik sotish va daromad olish maqsadida parvarishlangan. Daliliy ashyolar belgilangan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sudlanuvchilar sud majlisida qilmishidan pushaymonligini bildirgan. Sud jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini inobatga olib, ularni ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoga hukm qildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.