Buxoro yangiliklari
G‘ijduvondagi “Shoxanbek” suv inshootida reagent zaxirasi yo‘qligi aniqlandi
G‘ijduvon tumanidagi “Shoxanbek” ichimlik suv inshootida zararsizlantirish uchun reagent zaxirasi yo‘qligi aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Inspeksiya “Buxoro suv ta’minoti” AJ G‘ijduvon tumani filiali tasarrufidagi, Jogare mahallasida joylashgan “Shoxanbek” suv inshootining zararsizlantirish uskunalarini o‘rgandi.

Jogare mahallasida 1 150 ta xonadon va 5 467 nafar aholi bor. Hududdagi 400 o‘rinli maktab, 220 o‘rinli bog‘cha hamda oilaviy poliklinika bilan birga barcha iste’molchilar ichimlik suvi bilan ta’minlangan.

Tekshiruvda inshootda suvni zararsizlantirish uchun zarur reagent zaxirasi mavjud emasligi qayd etildi.

2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ-393-son qonunning 26-moddasiga ko‘ra, ichimlik suvi yetkazib beruvchi yuridik shaxslar suv sifati sanitariya qoidalari, gigiyena me’yorlari va milliy standartlarga muvofiq bo‘lishini ta’minlashi shart.

“Buxoro suv ta’minoti” AJning G‘ijduvon tumani filialiga 2026-yil 4-avgustdagi 1039-sonli, bajarilishi majburiy ko‘rsatma kiritildi. Ko‘rsatma ijrosi nazoratga olindi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


