Buxoro yangiliklari

Buxoroda eng faol sport maktablari aniqlandi

buxoro sports ranking cover 2026 09 03
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro viloyatida sport maktablari faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash maqsadida o‘tkazilgan onlayn so‘rovnoma 29-avgust kuni yakunlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

So‘rovnoma davomida aholi va yoshlar o‘z hududlaridagi sport maktablari faoliyatiga baho berib, eng munosib deb bilgan muassasalari uchun ovoz berdi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan beshta sport maktabi aniqlandi:

  1. Buxoro shahar 1-son sport maktabi — 542 ovoz.
  2. Vobkent tuman sport maktabi — 274 ovoz.
  3. Peshku tuman 2-son sport maktabi — 154 ovoz.
  4. G‘ijduvon tuman sport maktabi — 118 ovoz.
  5. Olot tuman sport maktabi — 77 ovoz.

G‘olib sport maktablari munosib ravishda taqdirlanadi. Tashkilotchilar so‘rovnomada faol qatnashgan barcha yurtdoshlarga minnatdorlik bildirdi.

Jamoatchilik e’tibori va bildirilgan ishonch sport maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda ular uchun munosib sharoitlar yaratishda muhim omil ekani qayd etildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.