Buxoro yangiliklari
“Buxoro Smart qalqon” ilovasi zararli APK fayllar va xavfli saytlardan himoya qiladi
Buxoro viloyatida fuqarolarning mobil qurilmalarini kiberxavflardan himoya qilishga mo‘ljallangan “Buxoro Smart qalqon” ilovasi taqdim etildi. Dastur zararli fayllar va xavfli internet resurslaridan himoyalanishga yordam beradi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Ilova Telegram va boshqa messenjerlar orqali yuboriladigan xavfli APK fayllarni aniqlab, ularning qurilmaga o‘rnatilishini cheklaydi. Bu orqali zararli dasturlar sababli shaxsiy ma’lumotlar yoki qurilma boshqaruvining begona shaxslar qo‘liga o‘tishi xavfi kamaytiriladi.
“Buxoro Smart qalqon” ekstremistik, pornografik va qimor mazmunidagi xavfli saytlarga kirishni, jumladan VPN ishlatilgan holatlarda ham, cheklash imkoniyatiga ega. Dastur foydalanuvchiga aniqlangan xavf va bloklangan urinishlar haqida xabarnoma hamda hisobotlar taqdim etadi.
Ilovada ota-onalar nazorati imkoniyati ham mavjud. Ushbu funksiya bolalarning internetdan foydalanishini nazorat qilish va zararli resurslardan himoyalashga xizmat qiladi.
Ichki ishlar boshqarmasi dasturni faqat Google Play’dagi rasmiy sahifa orqali yuklab olishni tavsiya qildi. Ilova nomidan tarqatilayotgan soxta APK fayllarni o‘rnatmaslik va noma’lum havolalarga kirmaslik lozimligi alohida eslatildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


