Buxoro yangiliklari
Buxoroda internet firibgarligi bo‘yicha murojaatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar belgilandi
Buxoroda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va internet firibgarligi masalalari bo‘yicha jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun maxsus sayyor qabul o‘tkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Qabul Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida tashkil etildi. Tadbir kiberxavfsizlikni ta’minlash va axborot texnologiyalari vositasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratildi.

Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlar internet firibgarligi hamda noma’lum shaxslarning ishonchga kirishi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaat qildi.

Murojaatlarda soxta havolalar yuborilishi va bank plastik kartalaridagi mablag‘larning ruxsatsiz o‘zlashtirilishi kabi dolzarb masalalar ham ko‘tarildi.

Mas’ullar har bir murojaatni batafsil tinglab, muammolarning yechimi bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berdi.

O‘rganish uchun vaqt talab etadigan hamda jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan murojaatlar yuzasidan shu joyning o‘zida tergovga qadar tekshiruv harakatlari belgilandi. Ularning ijrosi nazoratga olindi.

Buxoro viloyati IIB kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va aholining raqamli savodxonligini oshirish maqsadida bunday sayyor qabullar hamda ochiq muloqotlarni muntazam davom ettirishini bildirdi.

-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


