Buxoro yangiliklari
Olotda 45 ta transformator va 169,9 kilometr elektr tarmog‘i rekonstruksiya qilindi
Olot tumanida elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha «Yangiyo‘l tajribasi» asosida maxsus shtab tashkil etilib, hududdagi mavjud holat hamda kelgusi ehtiyojlar o‘rganildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Respublika, viloyat va tuman tashkilotlari vakillaridan iborat 10 ta ishchi guruh tumandagi 35 ta mahallada aholi xonadonlari, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlarining energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojini xonadonbay o‘rgandi. Shu asosda oylik, choraklik va yillik energiya balansi shakllantirildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Olot tumanining 2026-yil uchun tabiiy gaz iste’moli prognozi 25,3 million kub metrni tashkil etadi. Yilning dastlabki olti oyida 12,9 million kub metr yoki yillik prognozning 51 foizi iste’mol qilingan.

Elektr energiyasi bo‘yicha yillik ko‘rsatkich 919,5 million kilovatt-soat etib belgilangan. Yanvar–iyun oylarida 459,8 million kilovatt-soat elektr energiyasi sarflanib, bu ham yillik prognozning 51 foiziga teng bo‘ldi.

Amalga oshirilgan ishlar doirasida 45 ta transformator punkti hamda 169,9 kilometr elektr tarmog‘i rekonstruksiya qilindi. Bundan tashqari, 4,1 kilometr gaz tarmog‘i yangilanib, yer osti gaz quvurlarini sinovdan o‘tkazish va texnik holatini tekshirish ishlari olib borildi.

Yil yakuniga qadar yana 11 ta transformator punktini, 33,5 kilometr elektr tarmog‘ini va 3 metr gaz tarmog‘ini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Tumandagi 106 ta ijtimoiy soha obyektining energiya sarfi ham alohida o‘rganildi.

Mutasaddilar Qirlishon hududida «Masdar» kompaniyasi tomonidan barpo etilgan quyosh fotoelektr stansiyasi va elektr energiyasini saqlash tizimini ham ko‘zdan kechirdi. Ushbu obyektlar hududning energiya barqarorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, qiymati 82,96 million dollar bo‘lgan «Amu-Buxoro-1» nasos stansiyasi qurilishi yakunlangani qayd etildi. Sinov tariqasida ishga tushirilgan yangi tizim 75 million kilovatt-soat elektr energiyasini, ya’ni qariyb 80 milliard so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi.
Nasos stansiyasi Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi aholi punktlari hamda qishloq xo‘jaligi maydonlarini suv bilan barqaror ta’minlash uchun strategik ahamiyatga ega.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


