Buxoro yangiliklari
Peshkuning olis Jongeldi ovulida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda
Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy xizmat sifatini yangi bosqichga olib chiqish, aholiga manzilli va samarali tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan “Dolzarb 60 kunlik strategik o‘zgarishlar” dasturi doirasida Peshku tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Peshku tuman tibbiyot birlashmasining malakali va tajribali shifokorlaridan iborat tibbiy brigada tumanning eng olis hududlaridan biri — Jongeldi ovuliga borib, aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarni tashkil etdi.

Tibbiy tadbir davomida ovuldagi Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar, mehnatga layoqatli aholi hamda mahallada vaqtincha ishsiz bo‘lgan kishilarning salomatligi atroflicha baholandi.

Ko‘riklarda kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, surunkali xastaliklarning oldini olish va aholiga zarur manzilli tibbiy yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida davolanishga muhtoj deb topilgan fuqarolarga joyning o‘zida zarur tibbiy tavsiyalar berildi.

Aniqlangan ko‘rsatmalarga ko‘ra, xastaligi mavjud bemorlar reimbursatsiya tizimi va budjet mablag‘lari hisobidan tegishli dori-darmon vositalari bilan ta’minlanmoqda.

Ambulator, tuman va viloyat darajasidagi muassasalarda statsionar davolanishga muhtoj bo‘lgan bemorlarga zarur yo‘llanmalar rasmiylashtirib berildi.

Olis va chekka ovullarda bunday manzilli tibbiy ko‘riklarning tashkil etilishi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, ularning salomatligini mustahkamlash va hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


