Buxoro yangiliklari

Kogonning Hofizlar qishlog‘ida 40 sotixli issiqxona 10 dan ortiq kishini ish bilan ta’minladi

Kogondagi pomidor issiqxonasi — sun’iy intellekt illyustratsiyasi
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Kogon tumanidagi “Kogon” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Hofizlar qishlog‘ida 40 sotix maydonda issiqxona tashkil etilgan. Unda pomidorning erta pishar, serhosil navlari parvarishlanmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, issiqxonada 10 nafardan ortiq kishi doimiy ish bilan ta’minlangan. Xodimlar orasida yoshlar va xotin-qizlar ham bor. Loyiha mahalliy aholi uchun daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Hofizlar qishlog‘idagi issiqxona

 

Xo‘jalikda tomchilatib sug‘orish, iqlim nazorati va boshqa resurs tejamkor usullar qo‘llanmoqda. Yuqori sifatli urug‘liklardan foydalanish ham mahsulot sifati va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Hofizlar qishlog‘idagi issiqxona

 

Viloyat hokimligi bu texnologiyalar yil davomida uzluksiz hosil olish imkonini berishini qayd etdi. Issiqxona mahsulotlari tumanda oziq-ovqat ta’minoti va sifatli sabzavotlarga bo‘lgan talabni qondirishga ham hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Hofizlar qishlog‘idagi issiqxona

 

Kogon tumanida tomorqasidan unumli foydalanayotgan boshqa xonadonlar ham bor. Hokimlik Sorg‘un mahallasidan Shuhrat To‘rayev, O‘ba-Cho‘lidan Nosir Haydarov, Bahouddin Naqshband mahallasidan Bahrom Yodgorov, Sarayondan Said Narziyev va Tutkundadan Axtam Fozilovni ilg‘or tomorqa egalari sifatida tilga olgan.

Hofizlar qishlog‘idagi issiqxona

 

Ushbu xo‘jaliklarda joriy yil davomida plyonka ostida kartoshka, pomidor, piyoz, bulg‘or qalampiri va boshqa mahsulotlar yetishtirilmoqda. Ayrim tomorqa egalari limon yetishtirish bo‘yicha ham tajribaga ega.

Hofizlar qishlog‘idagi issiqxona

 

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, Kogon tumanida 21 mingga yaqin tomorqa egasi bor, ularning yer maydoni jami 2 ming 128 gektarni tashkil etadi. Tumandagi bevosita issiqxona xo‘jaliklari egallagan maydon esa 20 gektardan ortiq.

Hofizlar qishlog‘idagi issiqxona

 

Hududdagi issiqxonalarning aksariyati 1–4 sotixli. Ularda yil davomida pomidor, kartoshka, piyoz, bodring, karam, sarimsoqpiyoz, shuningdek, limon va apelsin kabi sitrus mevalar yetishtiriladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.