Buxoro yangiliklari

Buxoroda 350 qatnovga mo‘ljallangan yangi oilaviy poliklinika qurilmoqda

Buxorodagi yangi oilaviy poliklinika qurilishi mavzusidagi sun’iy intellekt illyustratsiyasi
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro shahridagi 9-son oilaviy poliklinika uchun bir kunda 350 qatnovga mo‘ljallangan besh qavatli yangi bino qurilmoqda. Loyiha uchun 24 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Poliklinikaning 1972-yilda qurilgan eski binosi uzoq vaqt Buxoro paxta-to‘qimachilik kombinati yotoqxonasi sifatida foydalanilgan. Keyinchalik shu binoda faoliyat yuritgan tibbiyot muassasasi 45 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatib kelgan.

9-son oilaviy poliklinika qurilishidan foto 1

 

Binodan foydalanish imkoniyatlari cheklangani, aholi soni va tibbiy xizmatlarga talab oshgani yangi, zamonaviy poliklinika qurish zaruratini yuzaga keltirgan.

9-son oilaviy poliklinika qurilishidan foto 2

 

Prezident Administratsiyasi rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifidan so‘ng yangi poliklinika qurish bo‘yicha topshiriq berilgan. Hozir 350 qatnovga mo‘ljallangan besh qavatli bino barpo etilmoqda.

9-son oilaviy poliklinika qurilishidan foto 3

 

Yangi muassasa birlamchi tibbiy-sanitariya yordami imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda. Unda oilaviy shifokorlar va ayrim tor soha mutaxassislari ishlashi, tez tibbiy yordam xizmati uchun ham zarur sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan.

9-son oilaviy poliklinika qurilishidan foto 4

 

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov qurilish maydoniga borib, ishlarning borishi va obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish uchun ko‘rilayotgan choralar bilan tanishgan.

9-son oilaviy poliklinika qurilishidan foto 5

 

Hokim bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish materiallaridan maqsadli foydalanish, loyiha talablariga rioya etish va belgilangan muddatlarga amal qilish masalalariga e’tibor qaratgan.

9-son oilaviy poliklinika qurilishidan foto 6

 

Mas’ullarga ishlarni sifat talablarini buzmagan holda jadallashtirish, obyektni to‘liq yakunlash va poliklinikani aholiga munosib sharoitlarda foydalanishga topshirish vazifasi yuklatilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.