Buxoro yangiliklari
Buxoroda 350 qatnovga mo‘ljallangan yangi oilaviy poliklinika qurilmoqda
Buxoro shahridagi 9-son oilaviy poliklinika uchun bir kunda 350 qatnovga mo‘ljallangan besh qavatli yangi bino qurilmoqda. Loyiha uchun 24 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Poliklinikaning 1972-yilda qurilgan eski binosi uzoq vaqt Buxoro paxta-to‘qimachilik kombinati yotoqxonasi sifatida foydalanilgan. Keyinchalik shu binoda faoliyat yuritgan tibbiyot muassasasi 45 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatib kelgan.

Binodan foydalanish imkoniyatlari cheklangani, aholi soni va tibbiy xizmatlarga talab oshgani yangi, zamonaviy poliklinika qurish zaruratini yuzaga keltirgan.

Prezident Administratsiyasi rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifidan so‘ng yangi poliklinika qurish bo‘yicha topshiriq berilgan. Hozir 350 qatnovga mo‘ljallangan besh qavatli bino barpo etilmoqda.

Yangi muassasa birlamchi tibbiy-sanitariya yordami imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda. Unda oilaviy shifokorlar va ayrim tor soha mutaxassislari ishlashi, tez tibbiy yordam xizmati uchun ham zarur sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov qurilish maydoniga borib, ishlarning borishi va obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish uchun ko‘rilayotgan choralar bilan tanishgan.

Hokim bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish materiallaridan maqsadli foydalanish, loyiha talablariga rioya etish va belgilangan muddatlarga amal qilish masalalariga e’tibor qaratgan.

Mas’ullarga ishlarni sifat talablarini buzmagan holda jadallashtirish, obyektni to‘liq yakunlash va poliklinikani aholiga munosib sharoitlarda foydalanishga topshirish vazifasi yuklatilgan.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


