Buxoro yangiliklari
Buxoroda chiqindidan yiliga 238 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi
Buxoro viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishga qaratilgan yirik investitsiya loyihasi 2026–2028-yillarda amalga oshiriladi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Prezidentning Buxoro va Navoiy viloyatlarida chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish investitsiya loyihasiga oid qaroriga muvofiq, Singapurning “Wangneng (UZ) Environmental Protection Energy Pte. Ltd” kompaniyasi va Loyiha kompaniyasi Buxoro viloyatiga 165 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qiladi.
Loyiha doirasida kuniga 1,5 ming tonna chiqindi termik usulda qayta ishlanadi. Natijada yiliga 238 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Ishlarni jadallashtirish uchun ekosanoat zonalariga tutash hududlar, havo elektr uzatish tarmoqlari va elektr infratuzilmasi qurilmalari barpo etiladigan zarur yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli agentlikka o‘tkaziladi.
Agentlik va “O‘zenergosotish” AJga xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi hamda boshqa maslahatchilarni taklif so‘rovi tartibida jalb qilish huquqi beriladi. Shuningdek, ishlab chiqariladigan uch oylik elektr energiyasini sotib olish va chiqindilarni yetkazib berish majburiyatlari ta’minoti uchun loyiha kompaniyasi foydasiga tasdiqlangan hamda tiklanadigan akkreditivlar ochish nazarda tutilgan.
Agentlikning hududiy bo‘linmasi va Buxoro viloyati hokimligi “WANGNENG GREEN ENERGY Pte. Ltd” bilan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bo‘yicha bitimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzishi mumkin. Loyiha kompaniyasiga barcha soliqlar va yig‘imlarni to‘lagan holda moliyalashtirish uchun xorijiy banklarda hisobvaraqlar ochish hamda chet el pudratchilari, yetkazib beruvchilari va kreditorlariga to‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish huquqi ham beriladi.
Buxoro viloyati hokimligi bir oy ichida Kogon tumanining “Guliston” mahallasi hududidan 40 gektar yer maydonini ekosanoat zonasi tashkil etish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan agentlikka ajratib beradi. Zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishi amaldagi prezident qarorlarida belgilangan tartibda moliyalashtiriladi va tegishli tashkilotlar buyurtmachilik vazifasini bajaradi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


