Buxoro yangiliklari
Gazli shahrida 21 gektar maydonda yangi istirohat bog‘i barpo etilmoqda
Romitan tumanining Gazli shahrida 21 gektar maydonda yangi istirohat bog‘i barpo etilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Yangi maskan Gazli shahrining 70 yilligi munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda. Hozir bog‘ hududida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.

Ayni kunlarda hududda manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilmoqda. Yashil maydonni kengaytirish, bog‘ni obodonlashtirish hamda aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.

Yangi istirohat bog‘i kelgusida Gazli shahrining ko‘rkam qiyofasini yanada yaxshilashi, yashil hududlarni ko‘paytirishi va aholiga munosib dam olish maskani yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.



-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


