Buxoro yangiliklari
Buxorodagi ko‘p kvartirali uylarning isitish tizimlari qishga tayyorlanmoqda
Buxoro shahridagi ko‘p kvartirali uylarda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va issiqlik ta’minoti tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Navbatdagi o‘rganish “Issiqlik ta’minoti” MCHJ va Buxoro shahridagi boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p kvartirali uylarni mavsumga tayyorlash, shuningdek, issiqlik tizimlarini yuqori bosim ostida yuvish ishlari holatiga qaratildi.

Nazorat davomida uylarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, issiqlik ta’minoti tizimlari va umumiy foydalanishdagi joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlarda ayrim obyektlarda tayyorgarlik ishlarini belgilangan talablar asosida yakunlash zarurligi bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlandi. Ularni bartaraf etish uchun mas’ul tashkilotlar va shaxslarga bajarilishi majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Nazorat tadbirlaridan maqsad ko‘p kvartirali uylarda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, issiqlik ta’minoti tizimlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirishdan iborat.

Inspeksiya mavsumga tayyorgarlik ishlari va aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi yuzasidan nazorat tadbirlarini davom ettiradi.

-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


